
Piter Xyuistra AGMK ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?
Superliga 3-turidan o‘rin olgan AGMK - "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "sherlar" murabbiyi Piter Xyuistra quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Bugun ikkita turli xil bo‘limlarga guvoh bo‘ldik. Birinchi taymda o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Raqibga deyarli imkoniyat qoldirmadik. Chiroyli hujumlar uyushtirib, yaxshi gollar kiritdik.
Ikkinchi 45 daqiqalikda biroz muammolar bo‘ldi. To‘pni o‘z jarima maydonimizdan uzoqlashtirish mobaynida shamolning ta’siri sezildi. Shundan keyin mezbonlarda bir necha imkoniyatlar yuzaga keldi. O‘yyin haqida gapiradigan bo‘lsam, muhim o‘yinda g‘alaba qozondik".
Fikrlar