
Piter Krauch "Manchester Siti"ning ketma-ket 3-marta APLda chempion bo‘lishiga ishonmoqda
Yaqin o‘tmishdagi angliyalik mashhur hujumchilardan biri Piter Krauch Daily Mail nashriga APLning yangi 2019/20 yilgi mavsumi yakunida musobaqa jadvali qay ko‘rinishda bo‘lishi borasida o‘z taxminlarini bildirdi.
E’tiborlisi, Krauch “Manchester Siti”ning ketma-ket uchinchi marta premer-liga chempionligini qo‘lga kiritishini taxmin qilmoqda. Kuchli uchlikdan esa "Liverpul" va "Tottenxem" klublari joy oldi.
Klublar | |
---|---|
1 | "Manchester Siti" |
2 | "Liverpul" |
3 | "Tottenxem" |
4 | "Chelsi" |
5 | "Manchester Yunayted" |
6 | "Arsenal" |
7 | "Vulverxempton" |
8 | "Lester" |
9 | "Everton" |
10 | "Uotford" |
11 | "Byornli" |
12 | "Vest Xem" |
13 | "Sautgempton" |
14 | "Norvich" |
15 | "Kristal Pelas" |
16 | "Bornmut" |
17 | "Nyukasl" |
18 | "Aston Villa" |
19 | "Brayton" |
20 | "Sheffild Yunayted" |
Fikrlar