Pirs Morgan: "Men emas, Ronalduning o‘zi intervyu berishni istadi..."

  • 14 noyabr, 2022, 17:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronalduning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu link ostidagi intervyusini o‘qigan bo‘lsangiz kerak. Unda hujumchi Pirs Morgan bilan suhbatda ko‘plab dolzarb va klubga qarshi keskin fikrlarni bayon qilgan.

Tecno

Ushbu intervyudan so‘ng jurnalist Pirs Morgan quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Krishtianu mendan intervyu tashkil qilishni so‘radi. Ha, men buni so‘ramagandim. Uning o‘zi shuni istadi. Futbolchi buni anchadan beri o‘ylab yurgandi. Hech kimga sir emas, hozir u klubda bo‘layotgan ishlardan ko‘ngli to‘lmayapti.

U gapirishi kerakligini his qildi. Garchi bu o‘zgarishlarga, muhokamalarga sabab bo‘lishini bilsa-da, u shunday qilishi lozim edi.

Odamlar uni doimiy tanqid qilishidan Ronaldu juda yaxshi xabardor. Biroq u gapirayotgan, bildirayotgan fikrlari yolg‘on emasligini ham anglab turibdi.

Ba’zida haqiqat achchiq bo‘ladi. Jahon chempionati boshlanish arafasida. Hujumchi bu paytda MYudan bir oyga uzoqlashadi va hammasini o‘ylab olib, qaror chiqarishga etarlicha vaqti bo‘ladi. U barcha muammolarni hal qila oladigan darajadagi kuchli inson", - dedi angliyalik jurnalist.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!