Pirlo kutayotgan hujumchi kim?

  • 15 avgust, 2020, 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus”ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo jamoa hujum chizig‘ida “Vulverxempton” to‘purari Raul Ximenesni ko‘rmoqchi.

Tecno

Krishtianu Ronalduni “Yuventus”ga joylagan Jorje Mendesh Pirloga ham o‘zi istayotgan hujumchini olib kelish bo‘yicha ish boshladi. Qolaversa, meksikalik hujumchining olib kelinishini turinliklar sport direktori Fabio Paratichi ham istamoqda.

“Yuventus”dagi o‘zgarishlarni kuzatayotgan mutaxassislar Pirlo jamoani butunlay yangidan tashkil qilayotganini ta’kidlamoqda. Italiyalik mutaxassis asosiy tarkibning kamida sakkizta o‘yinchisini sotib yuborishni talab qilmoqda.

Shuningdek, jamoa etakchilaridan bo‘lgan Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibalaning sotilishi haqida ham xabarlar bor.

081128.684980.1885

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!