
Pirlo jamoani tozalashni davom ettiradi
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo tarkidagi ortiqchi o‘yinchilardan birin-ketin qutilmoqda. Bu gal u braziliyalik himoyachi Aleks Sandroni qishda sotib sotib yuborilishiga rozi bo‘ldi. 29 yoshli futbolchi italiyalik murabbiyning rejalariga kirmaydi.
Ayni paytda turinliklar Sandroning o‘rniga yangi chap qanot himoyachisini qidirishni boshlab yuborgan. Nomzodlar orasida “Chelsi” vakili Emerson Palmeri ham bor.
“Yuventus” bilan 2023 yilgacha davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan Aleks Sandro yangi mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushirilmadi.
Fikrlar