
Pirlo: Balotelli terma jamoaga qaytishi mumkin
"Yuventus" va "Milan" sobiq futbolchisi Andrea Pirlo Mario Balotellining terma jamoaga qaytish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
"Balotelli "Breshiya"da to‘p surishga qaror qildi, demak u Italiya termasiga qaytish niyatida. U to‘g‘ri yo‘lni tanladi. Balotelli o‘z ishiga yaxshi yondoshishni boshlasa, uning barcha ishlari yurishishni boshlaydi, shuningdek terma jamoaga chaqirilishi ham mumkin.
Eng muhimi barchasi o‘zining qo‘lida ekanligini tushinib etdi. Agar buni maydonda isbotlay olmasa, boshqa narsa haqida o‘ylamasa ham bo‘ladi", - deydi Pirlo.
Fikrlar