
Pikega Xavining gapi o‘tmadi
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes qishki transferlar vaqtida tajribali himoyachi Jerar Pikedan qutilmoqchi edi.
Ispaniyalik mutaxassis Pikeni asosiy tarkibdan chiqarib, zaxiraga mixladi. Klub mutasaddilari Jerarni “Atletiko”ga o‘tkazib yubormoqchi edi. Biroq futbolchining o‘zi Madridga borishdan bosh tortdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Jerar Pike mavsum oxirigacha asosiy tarkibdagi joyini qaytarib olish uchun kurashadi. Kelajagi haqida esa yozda bir qaror qilga kelishini bildirgan.
Xavi Ernandes futbolchilik paytida Jerar Pike bilan birga o‘ynagan. Lekin bu omil ularning hozirgi munosabatiga hech qanday ta’sir qilayotgani yo‘q.
Fikrlar