Pike Shakirani Angliyaga olib ketadi

  • 19 avgust, 2020, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” himoyachisi Pike Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, kerak bo‘lsa jamoani tark etishga tayyorligini bildirgan edi. Yangi bosh murabbiy Ronald Kuman ham tarkibni yoshartirish maqsadida bir necha yoshi katta futbolchilar qatorida Pikedan ham voz kechishini aytgandi.

Tecno

“Barselona” futbolchilari qator klublardan takliflar ola boshladi. Xususan, Pikega Angliya premer-ligasiga chiqqan “Fulxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda va kataloniyaliklar rahbariyati bilan muzokaraga kirishgan.

Pikening kataloniyaliklar bilan shartnomasi ikki yildan so‘ng yakunlanadi. Biroq, klub prezidenti jamoada olib qolinadigan futbolchilar ro‘yxatiga Pikeni kiritmadi. Shu bois, tajribali himoyachi jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Pike “Barselona”ga kelgunga qadar “Manchester Yunayted”da to‘p surgan. 2008 yili Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan himoyachi jami 543 ta o‘yinda 46 ta gol urib, 13 ta golli pas bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!