
Pike ortidan: "Barselona" tarbiyalanuvichisi MYu bilan kelishuvga erishdi
"Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvichi Mark Xurado "Manchester Yunayted" bilan professional shartnoma imzolashga qaror qildi.
16 yoshli futbolchi kataloniyaliklar taklif etgan 3 yilga mo‘ljallangan kelishuvni imzolashdan bosh tordi. Ta’kidlanishicha, MYu ushbu transfer uchun faqatgina bonus shartlarini bajaradi. Unga ko‘ra, futbolchi "qizil iblislar" akademiyasida o‘zini ko‘rsata olsa, unda mankuninanliklar 200 ming evroni "Barsa" hisobiga o‘tkazib beradi.
Xurado 2004 yildan buyon "Barsa" asosiy tarkibida debyut qilmasdan "La Masiya"dan MYuga yo‘l olgan dastlabki futbolchiga aylandi. O‘shanda 17 yoshli Jerar Pike Kataloniyadan "qizil iblislar" safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar