
Pike maoshi 50 foizga pasayishiga rozi bo‘ldi
"Barselona" o‘z himoyachisi Jerar Pike bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi.
33 yoshli futbolchi amaldagi mavsum oxiriga qadar maoshini 50 foizga qisqartirishga rozi bo‘ldi.
Avvalroq, Kleman Langle, Frenki de Yong va Mark-Andre ter Shtegen maoshlari 30 foizga kamaytirilishiga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
"Barsa" ushbu fubolchilar bilan joriy haftada yangi bitim imzolashini e’lon qildi. Bu maoshi kamayishiga qarshi bo‘lgan futbolchilarning norozichiligiga sabab bo‘ldi.
Kataloniya klubi koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan inqirozdan chiqish uchun maoshlarni kamaytirishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar