Pike jamoadoshlarini ruhlantirdi

  • 13 yanvar, 2022, 03:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Real"dan uchrashlan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi. 

"O‘ylashimcha, juda yaxshi o‘ynab, g‘alaba qozona olmadik. Bu biz kutgan natija emas. "Real"ga mag‘lub bo‘lish og‘riqli, lekin muvaffaqiyatga yaqin kelyapmiz. Bizga hal qiluvchi qadam kerak. 

Jamoa tavakkal qilib, oldinga o‘tdi. Ular to‘pni olib qo‘yib, ko‘p sonli futbolchilar bilan qarshi hujum uyushtirdi va gol urdi. 

Bugun yigitlar biroz hayajonlandi. Shunga qaramay, biz yuqori  saviyada o‘ynadik. Qaytgan futbolchilar ham ajoyib futbol namoyish etdi", - dedi Pike "Movistar" telekanaliga. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!