
Pike faoliyatini qaysi jamoada yakunlashini aytdi
“Barselona” himoyachisi Jerar Pikening so‘zlariga Kataloniya klubi uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi.
“Barselona” mening oxirgi jamoam bo‘ladi. Menda boshqa jamoada o‘ynash istagi yo‘q. Chunki, men butun umr “Barselona”ning muxlisi bo‘lganman. Toki oyoqlarimda kuchim bor ekan, men faqat “Barsa” libosida o‘ynayman. Bu faqatgina men futboldan ketganda to‘xtaydi”, - deydi 32 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Pike 2008 yildan buyon “Barselona” safida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “ko‘k-anor ranglilar” tarkibida 513 ta o‘yinda maydonga tushdi va 46 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar