
Pike do‘stlariga xiyonat qildi
“Barselona”da yangi mojaro boshlandi. Klub rahbariyati futbochilarning maoshini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar boshlagani haqida xabar bergan edik.
Futbolchilarning deyarli barchasi rasmiy hujjat aylanmasi – byurofaks orqali maosh qisqarishiga noroziligini bildirdi. Faqatgina klub rahbarlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong va Kleman Langle norozilikka qo‘shilmadi va yangi shartnomani qabul qildi.
Muammo Pikedan boshlandi. Dastlab, aksariyat futbolchilar bilan elkama elka rahbariyat qaroriga qarshi turgan tajribali o‘yinchi birdaniga narigi tomonga o‘tib ketdi. Natijada u ham yangi shartnomaga imzo chekdi.
Ayni paytda qolgan o‘yinchilar jamoada katta obro‘ga ega bo‘lgan Pikening bu qilig‘idan g‘azabga keldi. Messi boshchiligidagi futbolchilar klub bilan murosa yo‘lini tanlagan o‘yinchilardan ham norozi bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, klub xo‘jayinlari bahorda ham futbolchilarning 70 foiz maoshini boshqa xodimlarga o‘tkazib bergandi. O‘shanda ham aksariyat o‘yinchilar bunga qarshi chiqqan, ularni Messi ko‘ndirib bergandi. Hozir maoshlarni 25 foiz kamaytirish rejalashtirgan. Messi bu gal futbolchilar tomonida turibdi.
Fikrlar