Pike bundan buyon Kataloniya terma jamoasida o‘ynaydi

  • 14 mart, 2019, 22:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi himoyachisi Jerar Pike Kataloniya terma jamoasi safiga qo‘shilishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli futbolchi 25 mart kuni Venesuela terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pike JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. U “qizil furiya” tarkibida 2009 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Ushbu vaqt mobaynida u jami 102ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!