Pike bu futbolchini "Barsa"da qolishini xohlaydi

  • 1 aprel, 2022, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike frantsiyalik jamoadoshi Usmon Dembelening Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma imzolashini xohlayotganini tan oldi.

Tecno

"Men Dembele klub bilan shartnomasini uzaytirishini juda xohlardim. U murabbiy uchun muhim o‘yinchi", - deya Pikening so‘zlaridan iqtibos keltiradi Diario Sport The Wild Project nashriga tayanib.

Mart oyi oxirida ispan OAVlari Kataloniya klubi xo‘jayinlari bosh murabbiy Xavining ko‘ndiruvidan so‘ng Dembele bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlagani haqida xabar tarqatgandi. Ispaniyalik murabbiy o‘z intervyularida yosh frantsuzdan umidlari katta ekanligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

24 yoshli Dembele joriy mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!