
Pike "Barselona"ga Xavi, Inesta va Subisarettani qaytarishni rejalashtirmoqda
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, jamoaning prezidenti bo‘lishni mo‘ljallamoqda.
32 yoshli futbolchi "Barselona"ga sport direktorlik lavozimiga Andoni Subisarettani qaytarishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, jamoa bosh murabbiyligiga Xavini olib kelmoqchi.
Shu qatorda, Pike Yaponiyada faoliyatini davom ettirayotgan yarim himoyachi Andres Inestani jamoaning biror-bir lavozimiga qaytarishni ham reja qilgan.
Pike jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani ham qaytarishi mumkinligini yashirib o‘tirmayapti.
Pike ushbu insonlarni "Barselona"ning jahondagi eng yaxshi klublardan biri bo‘lishiga xizmat qilishligini yaxshi tushunib turibdi va muxlislar ham iliq munosabatda bo‘lishlariga shubha qilmayapti.
Fikrlar