
"Pichichi" sovrini uchun kimlar da’vogarlik qilmoqda?
Marca nashri La Ligada har yili mavsumning eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan "Pichichi" sovriniga bu mavsumdan kimlar da’vogarlik qilishini mu’lum qildi.
Bunga ko‘ra, "Real Madrid" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem, "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski hamda "Atletiko Madrid" forvardi Alvaro Morata kabi futbolchilar nomzodlar qatorida.
Ayni vaqtga kelib har uchala futbolchi chempionat doirasida 5 tadan gol urgan va to‘purarlik poygasida ishtirok etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur sovrin 1929 yildan beri eng yaxshi to‘purarga topshirib kelinmoqda. O‘tgan mavsumda Robert Levandovski ushbu mukofotga ega chiqqan.
Fikrlar