
PFL sobiq Bellator chempioni bilan shartnomani bekor qildi
PFL va Bellator rahbariyati o‘rta vazn toifasida sobiq Bellator chempioni Gegard Musasi(49-9-2) bilan shartnomani bekor qildi. Bu jangchi kelishmovchiliklar tufayli promoushenni sudga berish bilan tahdid qilganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi.
"Biz unga kelajakda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deyiladi liga bayonotida.
Shuningdek, Musasi o‘z vaqtida UFC da ham faoliyat olib borgan. Gegard mazkur promoushenda 12 ta jang o‘tkazgan. Shundan 9 tasi g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar