PFL oliy liga uchrashuvi qoldirilganini ma’lum qildi

  • 12 sentabr, 2020, 22:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayollar Oliy ligasi 3-turidan o‘rin olgan “Andijanka” – “Navbahor-W” uchrashuvi namanganlik futbolchi qizlarida koronavirus aniqlangani uchun boshqa muddatga qoldirildi.

O‘zPFL qoshida shifokorlardan tuzilgan maxsus komissiya talabiga ko‘ra, ayollar Oliy va Birinchi liga jamoalari ham Ig G va PZR testlari topshirishi haqida xabar bergan edik. Shunday test jarayonida qatnashayotgan “Navbahor-W” klubining bir necha a’zolarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Shu bois, klub a’zolari extiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan. Jamoaning 3-turda “Andijanka”ga qarshi o‘yini esa, boshqa muddatga qoldirildi", - deyiladi rasmiy axborotda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!