
PFL bahslari 2021 yilga qoldirildi
MMA bo‘yicha "Professional fighting league" promousheni koronavirus pandemiyasi bois, 2020 yilgi musobaqalarni to‘xtatib qo‘ydi. Unga ko‘ra, PFL gran-pri bahslari 2021 yilga qoldirildi.
Liga jangchilariga esa har oy stipendiya to‘lab borilishi aytilmoqda. Ushbu tashkilot 2012 yilda tashkil etilgan va erkaklar o‘rtasida 10 ta vaznda, ayollar o‘rtasida esa 1 ta vaznda g‘oliblarni aniqlab keladi. Janglar odatiy sakkizburchakli oktagonlarda emas, balki o‘n burchakli qafaslarda o‘tkaziladi.
Fikrlar