Peti: "Men PSJ haqidagi fikrimni o‘zgartirdim"

  • 8 may, 16:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq frantsuz futbolchisi va "Arsenal" afso‘nasi Emmanuel Peti PSJ haqidagi shaxsiy munosabatini qayta ko‘rib chiqdi. Uning fikricha, Luis Enrike kelganidan keyin parijliklar yangi yo‘nalish ola boshladi.

Tecno

"Men Luis Enrikening shaxsiy muxlisi emas edim. U bilan “Barsa”da bir yil o‘ynaganman. Lekin bugun men uning ishlari va jamoa namoyish etayotgan o‘yinidan juda mamnunman" – dedi Peti.

"Ilgari PSJ men uchun ko‘ngilbuzar jamoa edi. Ular o‘zini juda mag‘rur tutishardi. Ulardan: “Pulimiz bilan hammasini sotib olamiz”, degan singari signallar tarqalardi. Men Ibragimovich davridanoq bu jamoani ko‘rishni istamasdim, televizorni o‘chirardim. Ularning muomalasi meni bezor qilardi.

Futbol bu jamoaviy ish. Hamma o‘z rolini bilishi, qoidalarga rioya qilishi kerak. Agar ortiqcha ego boshqara boshlasa – hamma narsa barbod bo‘ladi.

Enrikeda nafaqat yaxshi taktik fikr bor, balki u jamoaviy ruh yarata oldi. U oddiy inson sifatida tabassum qiladi, frantsuzcha gapirishga harakat qiladi. Menga shunday tuyulayaptiki, klubning umumiy imidjini o‘zgartirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berilgan va men buni olqishlayman" - deya o‘z so‘zlarini yakunlandi "Arsenal"ning sobiq futbolchisi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!