Peter Shmeyxel: "Manchester Yunayted" Martines yoki Donnarummani olishi kerak edi"
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasining eng muhim xaridlaridan biri sifatida 23 yoshli darvozabon Senne Lammensni "Antverpen"dan 21 mln evro va bonuslar evaziga sotib oldi. Biroq, klub afsonasi Peter Shmeyxel bu qarorni ma’qullamadi va "qizil iblislar"ga mutlaqo boshqa darvozabon kerakligini ta’kidladi.
"Biz Emiliano Martinesni olishimiz kerak edi. Rostini aytsam, bizda imkoniyat bor paytda Janluiji Donnarummani tanlashimiz kerak edi.
Martines bilan hammasi tayyor edi, bu haqiqatdan ham yaxshi xabar bo‘lgan, chunki u aynan "Manchester Yunayted"ga kerak bo‘lgan darvozabon. U eng yuqori darajada ekanini isbotladi. Asosiy vazifalarni ajoyib bajaradi, bundan tashqari, u haqiqiy etakchi. U shunday darvozabonlardanki, hujumchilar ikki marta o‘ylab ko‘radi. Uning maydondagi mavjudligi hayotiy ahamiyatga ega. Shuning uchun kelishuv moliyaviy sabablarga ko‘ra buzilganini eshitish juda alamli bo‘ldi.
Lammens haqida gapirsak, ochig‘ini aytsam, bu xabar chiqqaniga qadar uni umuman eshitmaganman. U Evropa top-10 ligasi statistikasida yaxshi ko‘rsatkichlarga ega ekanligini bilaman. Lekin bu Belgiyaning "Antverpen" jamoasida edi, ular beshinchi o‘rinni egallashgan. U 8 ta penaltidan 4 tasini qaytargan, lekin futbolchi tanlashda faqat statistikaga qarash xavfli. Statistika sening xatodan keyin qanday harakat qilasan yoki "Manchester Yunayted" bosimiga qanday chidamlisan, degan savollarga javob bermaydi. Bu bosim futboldagi boshqa hech qaysi klubdagiga o‘xshamaydi.
Lammens tarixdagi eng yaxshi xaridlardan biriga aylanishi mumkin, lekin hozircha bu faqat umid. Bu esa hozirgi "Yunayted"ga kerak emas. Agar biz uni Martines bilan birga olganimizda, bu mutlaqo mantiqiy bo‘lardi: Jahon chempioni bo‘lgan asosiy darvozabon va uning yonida rivojlanayotgan yosh iqtidorli posbon", – dedi Peter Shmeyxel "SunSport" bilan suhbatda.



Fikrlar