"Persepolis" OChLda "Paxtakor"gacha kimlar bilan qanday o‘ynadi? Eronliklar Otabek Shukurov va Xavi jamoasini taslim etdi

  • 30 sentabr, 2020, 12:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Paxtakor" Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo Chempionlar ligasi chorak finalida Eronning "Persepolis" klubi bilan kuch sinashadi.

Tecno

"Sherlar" guruh bosqichida forslarning "Shahr Xodro"si bilan ikki bor, nimchorak finalda "Istiqlol" bilan bir marta bellashdi. Mana endi hamyurtlarimizga Eronning yana bir vakili "Persepolis" to‘g‘ri kelmoqda. Xo‘sh, bu jamoa OChLda qanday yo‘lni bosib o‘tdi? Kimlarni yo‘lidan olib tashladi? Shular haqida fikr yuritamiz.

"Paxtakor" OChLda "Persepolis"ga mag‘lub bo‘lmagan. Eron klubini oxirgi o‘yinda mag‘lub etgan gol muallifi ayni paytda "sherlar" safida

Eh-jlEQWAAMJ4mj

"Persepolis" joriy yilgi mavsumda guruh bosqichidan ishtirokini boshladi. Dastlabki turdi ular Qatarda mehmon bo‘lishdi. "Al-Duhail" o‘z uyida "Persepolis"ni 2:0 hisobida taslim etdi. Eronliklar raqib safidagi legionerlar Mario Manjukich va Edmilson Juniorning gollari oldida ojiz qoldi.

Ikkinchi turda "Persepolis" Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja", ya’ni hamyurtimiz Otabek Shukurov faoliyat yuritayotgan klubga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy bellashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi - 2:2.

Keyin musobaqa markazlashgan holda Qatar poytaxti Doha shahriga ko‘chirildi. 3-turda Saudiyaning “Al-Taavun” klubiga qarshi maydonga tushgan forslar yagona gol evaziga dastlabki 3 ochkosini qo‘lga kiritdi. Ushbu bahsning javob o‘yinida ham eronliklar bitta to‘p farqi bilan zafar quchishdi – 1:0.

EiOOvNDXYAAGHE8

Ammo 5-turda yana “Al-Duhail”ga imkoniyatni boy berdi. Bu gal o‘yin taqdirini bitta gol hal etdi. Oxirgi uchrashuvda esa Otabek Shukurovning “Sharja”sini “Persepolis” yirik hisobda engdi – 4:0.

EitPSW_X0AApc1k

Nimchorak finalda “Persepolis” ancha jiddiy raqibga duch keldi. Uning qarshisida Xavi boshchiligidagi “Al-Sadd” turardi. Lekin eronliklar raqibdan qolishmay kurashdi. Bellashuv ancha murosasiz o‘tdi va o‘yinda bitta gol forslarga chorak final eshiklarini ochdi.

Shu tariqa, “Persepolis” 1/4 bosqichda “Paxtakor” bilan kuch sinashadi. Bellashuv 30 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Ei72Cl8WkAMij5j

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!