"Persepolis" "Istiqlol"ning ikki nafar o‘yinchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 8 noyabr, 2021, 22:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston milliy va olimpiya terma jamoasi a’zolari – Vaxdat Xanonov hamda Manuchexr Safarov endi faoliyatlarini Eron pro ligasining amaldagi chempioni hisoblanadigan “Persepolis” klubida davom ettirishadigan bo‘ldi. Eslatish kerakki, ular bunga qadar “Istiqlol” jamoasi sharafini himoya qilayotgandilar.

Tecno

tojik_1

Klub rasmiy saytida xabar qilinishicha, “Isqtilol” va “Persepolis” vakillari Tojikiston milliy terma jamoasining ushbu a’zolari borasidagi masalani ijobiy hal qilganlar.

Shu boisdan ham Vaxdat Xanonov hamda Manuchexr Safarov bugun ertalab Eronga uchib ketishdi. Xabar qilinishicha, ular “Persepolis” bilan 2024 yil 30 iyunga qadar shartnoma imzolashadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Osiyo Chempionlar ligasi 1\8 finalida "Persepolis" klubi Dushanbeda "Istiqlol"ga qarshi og‘ir o‘yinni o‘tkazib oxirgi daqiqada urilgan yagona gol evaziga qiyinchilik bilan g‘alaba qozongandi. O‘sha uchrashuvda esa yuqoridagi futbolchilar ancha iliq taassurot qoldirishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
09/11/2021 08:35
Alamlar yana qiynaydi bizni yana o‘sha alamlar.mp3