"Persepolis" faxriysi: "O‘runov maydonda bo‘lganda har qanday himoya qo‘rqib turadi"

  • 24 oktabr, 2024, 18:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Eron terma jamoasi va "Persepolis" klubi sobiq futbolchisi Morteza Kerman Mogaddam O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Oston O‘runov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Afsuski, Oston O‘runov "As-Sad"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmadi va uning yo‘qligi bilindi. O‘runov ham jamoaviy ham individual harakatlarga ega futbolchi. 

U maydonga bo‘lganda, har qanday raqib himoyasi undan qo‘rqadi. Jarohatlar jamoaning o‘yiniga jiddiy ta’sir qilmoqda. Oston va Kanoni "qizillar" tarkibida o‘z o‘rniga ega futbolchilardir", - deydi Morteza.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!