
Peres Vinisius o‘rniga "Siti" yulduzini olib keladi
"Real Madrid" Vinisius Junior ketgan taqdirda Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Erling "Siti" bilan shartnomasini 2034 yilgacha uzaytirganiga qaramay, braziliyalik futbolchi ketadigan bo‘lsa, "Real" prezidenti Florentino Peres uchun Xolandning transferi asosiy maqsadiga aylanadi.
Avvalroq Vinisius Saudiya Arabistonining taklifi uni o‘ziga jalb qilayotganini ma’lum qilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Bundan tashqari, vingerning atrofidagilar "Real" bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvni rad etmoqda.
Qayd etilishicha, Xolandning "Manchester Siti"ga o‘tishidan oldin ham unga "Real" qiziqish bildirgan va Peres hamon norvegiyalik futbolchining ashaddiy muxlisi bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar