
Peres Mbappening debyut goli haqida fikr bildirdi
Florentino Peres Kilian Mbappening "Real"dagi goli haqida fikr bildirdi.
Madrid klubi kecha Evropa Superkubogi doirasidagi bellashuvda "Atlanta"ni 2:0 hisobida taslim etdi.
Ikkinchi taymda Kilian Mbappe "Real"dagi debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Bu g‘alaba va titul bizga uzoq va qiyin mavsum oldidan ko‘p energiya beradi. Men Kilianni juda baxtli ko‘rdim. U "Real" libosida debyut golini urdi.
Bunday holatda debyut o‘tkazish oddiy holat emas. Bu futbolchiga ishonch beradi", - dedi "Real" prezidenti.
Fikrlar