
Peres mag‘lubiyatini tan olmadi. Superliga o‘xshamasa, o‘rniga boshqa turnir bo‘ladi!
Evropa Superligasi loyihasi tashabbuskori va “Real” klubi prezidenti Florentino Peres maqsadidan chekingani yo‘q.
Ma’lumki, avvaliga Superligada ishtirok etishini tasdiqlagan 12 ta grand klubdan aksariyati FIFA, UEFA va futbol jamoatchiligi bosimi ostida bu turnirda qatnashish fikridan qaytgan edi. Garchi Superliga bekor qilingani aytilgan bo‘lsa-da, Peres o‘z g‘oyasi uchun oxirigacha kurashmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” loyihadan chiqqani yo‘q va “Barselona” hamda “Real” bilan turnirni tashkil qilish yo‘llarini qidirmoqda.
- Hozir vaziyat echim topishini kutayotganimizni tasdiqlashim mumkin xolos. Agar bu loya ish bermasa, boshqasini ishlab chiqamiz. Unutmang, 12 ta klub Superligada qatnashish bo‘yicha shartnoma imzolagan, - dedi Florentino Peres.
Fikrlar