Pepe uchun "Sevilya", "Portu" va "Zenit" kurash olib bormoqda

  • 5 yanvar, 2021, 17:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" klubi "Gremio" vingeri Pepeni qo‘lga kiritishdan hamon umidini uzmayapti. Bu haqda UOL Esporte nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi uchun piterliklardan tashqari "Portu" va “Sevilya” ham jiddiy kurash olib bormoqda. Portugaliya chempioni ushbu transfer uchun 15-18 million evro to‘lashga tayyor. Pepening o‘zi esa “Portu”ga o‘tishni istamoqda.

Pepe “Gremio” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 103 ta o‘yinda maydonga tushdi va 24 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 9 mln evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!