Pep, 100 million evroga shogirdingni ber!
Angliya premer-ligasida o‘ynayotgan “Tottenxem” rahbariyati “Manchester Siti”da porlay boshlagan braziliyalik hujumkor futbolchi Savioni olish fikridan qaytgani yo‘q.
“Shporlar” yozgi transferlar davrida 22 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha “shaharliklar”ga ikki marotaba taklif yubordi. Londonliklar ilgari surgan 58 va 70 million evro badal puli ko‘rsatilgan bitimlar manchesterliklarni qoniqtirgani yo‘q.
“Tottenxem” navbatdagi transferlar oynasi davomida Savioni olish uchun yaxshi taklif tayyorladi. Klub bu o‘yinchi uchun “Manchester Siti” belgilagan summa – 80 million evroni birdan to‘laydi va keyingi mavsum davomida yana 20 million evro qo‘shimcha mablag‘ o‘tkazadi.
Transfer bo‘yicha ekspertlar umumiy 100 million evro miqdoridagi mablag‘ “Manchester Siti” rahbariyatini transferga ko‘ndirishini ta’kidlayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Tottenxem”ga Savioning tezkorligi, hujum uyushtirish qobiliyati va m muhim vaziyatlarda aniq qaror qabul qilishi manzur kelayotgan ekan.



Fikrlar