
Penya yoki Shesniy: Flik kim maydonga tushishini aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Sevilya"ga qarshi uchrashuvda "ko‘k-anorranglilar" darvozasini kim qo‘riqlashini aytdi.
-Bu uchrashuvda qandaydir o‘zgarish qilishga ehtiyoj sezmayapman. "Sevilya"ga qarshi Inaki Penya asosiy tarkibda tushadi,- dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ter Shtegen jiddiy jarohati sabab 1 yilga safdan chiqqan edi. Shu sababli "Barsa" 34-yoshli Shesniyni oktyabr oyi boshida o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar