Penaltidan gol o‘tkazmaydigan darvozabon paydo bo‘ldi

  • 21 sentabr, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya chempionatining to‘rtinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida “Verder” o‘z muxlislari ko‘z shngida “Frayburg”ga 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Tecno

Ushbu bahsda mehmonlar darvozasini qo‘riqlagan Noa Atubolu “quruq” o‘yin o‘tkazish barobarida penaltini qaytargani statistika mutaxassislari e’tiborini tortdi.

Uchrashuvning 59-daqiqasida “Verder” futbolchisi Romano Shmid penalti tepish imkoniga ega bo‘ldi. Biroq uning zarbasini Noa Atubolu mahorat bilan bartaraf etdi.

Opta statistika markazi ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 23 yoshli Noa ketma-ket besh marta 11 metrlik belgidan berilgan zarbalarni qaytargan. Bu rekord hisoblanadi. Germaniya chempionatlari tarixida hali birorta golkiper ketma-ket beshta penaltini qaytarmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!