Penaltidan foydalanolmagan Ronaldu an’anasini davom ettirmoqda

  • 13 iyun, 2020, 01:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya kubogining 1/2 final bosqichidan o‘rin olgan "Milan"ga qarshi bellashuvda 11 metrlik nuqtadan darvozani ishg‘ol etolmadi.

Tecno

Oxirgi 4 yil ichida portugaliyalik futbolchi to‘rttinchi bor penaltidan unumli foydalanolmadi. 2017 yildan boshlab, har yili bir martadan penaltini ko‘kka sovurib kelmoqda.

Dastlab, 2017 yilning noyabrida "Real" safida "Malaga" darvozasining to‘riga to‘pni joylab qo‘yolmagan bo‘lsa, 2018 yilning iyunida terma jamoa safida Eron darvozasini ishg‘ol etolmagan va 2019 yilning yanvar oyida "Yuve" a’zosi sifatida "Kevo"ga qarshi bahsda 11 metrlik jarimadan foydalanolmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!