
Pele Mbappega minnatdorchilik bildirdi
Futbol qiroli Pele Kilian Mbappega qisqacha xabar yozdi. Faxriy futbolchi JCh-2022ning to‘purari bo‘lib turgan frantsuzga minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiyaning Polshaga qarshi nimchorak final bahsida Mbappe dubl qayd etgan holda mundialning mutlaq to‘purariga aylanib olgan edi (9). Pele jahon chempionatini kuzatishda davom etadi.
"Rahmat senga Mbappe. Mening navbatdagi rekordimni yangilaganingdan xursandman, do‘stim!", deb yozdi Pele ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe hisobida jahon chempionatlari doirasida 9 ta gol mavjud. 24 yoshga qadar hech bir futbolchi undan ertaroq buncha miqdorda gol urmagan. Avvalgi rekord braziliyalik Pelega tegishli edi - 24 yosh, 7 ta gol.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, shu kungacha jahon chempionatida 8 ta gol urgan eng yosh futbolchi portugaliyalik Eysebio (24 yoshu 182 kun) edi. Hozirda Mbappe allaqachon jahon chempionatlari to‘purarlar ro‘yxatida kuchli yigirmatalikdan joy olgan.
Fikrlar