Pedru Moreyra: "Ertaga himoyada juda uyushqoq bo‘lishimiz kerak!"

  • 3 mart, 13:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga "Paxtakor" jamoasi Elit Chempionlar ligasi doirasida "Al-Hilol" bilan o‘ynaydi. Uchrashuv oldidan "sherlar" ustozi Pedru Moreyra va himoyachi Shahzod Azmiddinov matbuot anjumanida qatnashdi. 

Tecno

"Elit Chempionlar Ligasining oldingi o‘yinlarida o‘ynagan futbolchilar va ishlagan murabiylarga rahmat aytaman. Nimchorak finalga chiqishimizda ularning ham hissasi katta.

Raqib juda kuchli jamoa. Ular Osiyoning eng kuchli va sovrindor klublaridan biri. Biz imkon qadar muxlislarga yoqadigan futbol ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Juda kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Ularning safida yuqori darajadagi futbolchilar bor. Murabbiyi ushbu musobaqadagi mutaxassislar orasida eng ko‘p sovrinlar yutgan. Biz o‘z o‘yinimizni namoyish qilib, g‘alaba qozonishga intilamiz. "Hilol" guruhda peshqadam bo‘ldi. Ular turnirda eng ko‘p vaziyat yaratgan, zarba bergan va o‘yinni nazorat qilishgan.

"Paxtakor" bellashuvga yaxshi tayyorlandi. Buni ko‘rsatishga urinamiz. Himoyada juda uyushqoq bo‘lishimiz kerak. Bahsga o‘z rejalarimiz bor. Har qanday holatga hozir bo‘lish kerak. To‘pni shunchaki yo‘qotmaslik, vaziyatlardan foydalanish lozim. Raqib Chempionlar Ligasini yutishga asosiy da’vogarlardan biri.

Futbolda ko‘p narsalar ro‘y beradi, o‘zgaradi. To‘p bizda bo‘lganda hujumga o‘tishimiz lozim. Raqib yuqori bosim qiladi, yaxshi himoyalanadi va kuchli hujumkor futbolchilarga ega. Ushbu bosqichda g‘alabani o‘ylagan holda o‘ynash kerak", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

"Murabbiy raqib haqida bizga aytib o‘tdi. Kuchli jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Ertaga muxlislarni xursand qilishga borimizni beramiz.

O‘yinga barcha futbolchi tayyor. Raqibda yulduzlar, yuqori saviyali ijrochilar bor. Biz xatosiz o‘ynashga, darvozasimiz daxlsizligini saqlab qolishga intilamiz. Jamoa bilan o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Balki, havo sharoiti bizga kichik yordam berishi mumkin, lekin maydonda baribir 11 nafardan futbolchi bo‘ladi", - deya o‘z fikrlarini bildirdi Shahzod Azmiddinov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
03/03/2025 14:21
Автобусни кушалогини куйиш керак, кейин бир матта хужум киламиз ва гол