Pedru Moreyra: "Biz uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin kelajak uchun mehnat qilyapmiz"

  • 11 mart, 01:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "Al-Hilol"ga qarshi Elit Chempionlar ligasi 1/8 final bochqichi javob uchrashuviini o‘tkazadi. Uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda Pedru Moreyra qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

Tecno

"Al-Hilol" juda yaxshi futbol namoyish qiladigan va tajribali murabbiy qo‘l ostidagi ajoyib jamoa. Bu mutaxassis musobaqada eng katta tajribaga ega. Biz o‘z o‘yinimizni yaxshilashga urinmoqdamiz. Ijobiy natijaga erishishni istasak, vaziyatlardan foydalanishimiz va raqibga kamroq imkoniyat berishga urinishimiz lozim.

Biz bir oilaga aylanib, Chempionlar Ligasida olg‘a qadam bosishga urinyapmiz. Jamoa, o‘yinchilar, tashkiliy masalalar bilan oldinga qadam bosamiz. Butun mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rdik. Muxlislarni jamoaga yaqinroq qilishga intilamiz. Bunga o‘z g‘alabalarimiz bilan harakat qilamiz.

Ushbu stadionda muhit ajoyib. Biz ishqibozlarimizning qo‘llashini his qilamiz. Men yangi klub, shahar va mamlakatni o‘rganmoqdaman. Klubdagi ilk kunimdan jamoa bilan katta orzular uchun ishlayapmiz. Biz uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin kelajak uchun mehnat qilyapmiz. Jamoada hamma bir-biriga yordam berishga intilishi zarur. Oldinda bizni uzun mavsum kutib turibdi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

"Ertangi bellashuv Toshkentdagidan keskin farq qiladi deb o‘ylayman. Raqib o‘yin boshidan shiddatli harakat qilishini kutyapmiz.

Ularning tarkibida juda mahoratli futbolchilar bor. Biz uyushqoqlik bilan kamroq xatolarga yo‘l qo‘yishga intilishimiz lozim. Jamoa bilan o‘yinga yaxshi tayyorlandik va buni ko‘rsata olishga umid qilamiz", - dedi Jonatan Lukka.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!