
Pedri ustozining gaplariga munosabat bildirdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri bosh murabbiy Xavining gaplariga munosabat bildirdi. Avvalroq, mutaxassis Pedri va Gavini o‘zi va Inestadan ko‘ra kuchliroq ekanini aytgandi.
"To‘g‘ri, bizning yoshimizda ular bizga o‘xshamagandir. Lekin keyinchalik ular qilgan natijalarni biz qila olamizmi? Oldinda hali ko‘p yo‘limiz bor", - dedi ispaniyalik yosh yulduz.
2019 yilning yozida Pedri "Las-Palmas"dan "Barselona"ga o‘tgandi. Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi va "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Pedrining katalon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar