
Pedri: "To‘g‘ri, hali hech qanday chempionlikni qo‘lga kiritmadik, ammo..."
"Barselona" xavbeki Pedri klubi imkoniyatlari haqida gapirdi.
"La Liga chempionligi biz uchun juda muhim sovrin va biz uni yutish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Biz yaxshi o‘ynasak va yaxshi jismoniy holatda bo‘lsak, hech kim to‘xtatib qololmaydi.
To‘g‘ri, hali hech qanday chempionlikni qo‘lga kiritmadik, ammo "Barsa"ning bugungi futbolga moslashgan uslubi unvonlar va g‘alabalar olib kelishi mumkin, buni tez orada isbotlaymiz", dedi yarim himoyachi "DAZN" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" La Liganing 15-turidan so‘ng 38 ochko to‘pladi hamda urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq evaziga "Real Madrid"ni ortda qoldirib, turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar