"Paxtakor"ning "Surxon"ga qarshi o‘yinlardagi statistikasi qanday?

  • 4 mart, 2024, 13:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi mavsumni Superligada 16 karra chempion sanalgan "Paxtakor" Toshkentda "Surxon"ga qarshi o‘tadigan o‘yin bilan boshlaydi. Toshkentliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi. 

Tecno

"Surxon" uy stadioni tayyor emasligi sababli bellashuv "Paxtakor" stadionida o‘tkaziladi va unda Termiz klubi mezbon sifatida maydonga tushadi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 34 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 26tasida "Paxtakor", 5tasida "Surxon" zafar quchgan. Uch marta durang natija qayd etilgan. Raqib darvozasini 107 marta ishg‘ol qilgan "sherlar" 30 to‘p o‘tkazib yuborgan. Mehmondagi o‘yinlarda 11 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va bir durang qayd etilgan. Gollar farqi 38ga 19ni tashkil qiladi. "Paxtakor" jami 15 g‘alaba yirik hisoblarda qo‘lga kiritgan. Eng yirik natija - 8:0 bo‘lib, 2004 yilgi mavsumda kuzatilgan.

"Surxon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun "Paxtakor" stadionida soat 18:30da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!