
"Paxtakor"ning o‘yiniga mamlakatimizning Erondagi elchisi tashrif buyurdi
Xabar berganimizdek, "Paxtakor" OFK Elit Chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvini safarda Eronning "Persepolis" klubiga qarshi o‘tkazdi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.
"Sherlar" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Erondagi favqulodda va muxtor elchisi Fariddin Nasriev bugun Erondagi vatandoshlarimiz bilan birga “Paxtakor”ga muxlislik qilib, o‘yindan keyin futbolchilar bilan uchrashdi.
“Biz bugun “Paxtakor”ga muxlislik qildik, barchangizga yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotganingiz uchun rahmat”, - deydi elchi.
Fikrlar