"Paxtakor"ning OChLdagi keyingi raqibi o‘z mamlakatida yaqqol peshqadam. Jamoa safida 2 nafar legioner bor

  • 17 aprel, 2021, 09:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi-2021 guruh bosqichi 2-turida "Paxtakor" 17 aprel, shanba kuni Iroqning "Eyr Fors" jamoasi bilan maydonga tushadi.

Tecno

Guruh bosqich o‘yinlari BAAning Sharja amirligida markazlashgan holda o‘tkazilmoqda. Toshkentliklar "Eyr Fors" bilan 2019 yilgi guruh bosqichiga pley-off bahsida to‘qnash kelingan. O‘shanda Masharipov va Bikmaev tomonidan kiritilgan to‘plarga Ismoil Hammadi javob qaytargan. Ushbu jamoa ayni paytda Iroq chempionatida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Mazkur uchrashuvdagi muvaffaqiyat "Paxtakor"ning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatlarini yuqori holda saqlab qoladi. Ketma-ket ochko yo‘qotish esa vaziyatni chigallashtirib yuborishi mumkin. "Eyr Fors"ni hozirda mahalliy mutaxassis Ayub Odisho boshqarmoqda. Jamoa safida ikki nafar legioner bo‘lib, Iroq milliy terma jamoasiga nomzod 7-8 nafar futbolchi bor.

"Eyr Fors" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 17 aprel, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da "Sharja" stadionida boshlanadi.

"Eyr Fors"ning OChL uchun tarkibi
Darvozabonlar
1. Fahad Tolib
31. Saif Karim
40. Abdulloh Faysal
95. Muhammad Solih
Himoyachilar
2. Ahmad Ibrohim
3. Ali Bahjat
5. Mayzam Jabbor
6. Samih Said
13. Ehson Haddad (Iordaniya)
20. Ali Kadhim
34. Mustafo Muhammad
48. Hassan Raed
Yarim himoyachilar
7. Karrar Ali
11. Humam Tariq
16. Karrar Nabil
18. Luay Alani
19. Ali Muhsin
23. Abbos Ali
25. Muhammad Ali Abbud
28. Hussayn Jabbor
Hujumchilar
8. Ibrohim Baesh
9. Ayman Hussayn
10. Hammadi Ahmad
17. Sharif Abdulkadhim
22. Saif Rashid
29. Amjad Radhi
50. Jeferson Kolazos (Kolumbiya)
55. Muhammad Zabil

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!