"Paxtakor"ning mag‘lubiyati haqida: "Tushunarsiz holatlar ko‘p"

  • 21 sentabr, 2023, 10:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bahslari ham boshlandi. To‘rtta klubimiz orasida faqatgina “Paxtakor” ilk turni o‘z uyida o‘tkazdi.

Tecno

Afsuski, shunda ham “Sherlar” imkoniyatdan foydalana olmadi va BAAning “Al-Ayn” klubiga yirik 0:3 hisobida yutqazdi. Bu albatta tanqid va e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

“Paxtakor”ning sobiq sport direktori Ja’far Irismetov “Sherlar”ning mag‘lubiyati haqida gapirdi.

“Paxtakor”dan hech qanaqa yangilik ko‘rmadik”

- Albatta, o‘yinda kutilmagan natija bo‘ldi. Uchrashuvdan avval imkoniyatlarni 50x50 degandim. “Paxtakor”ni yil boshidan beri nima o‘ynayotganini hech kim tushunayotgani yo‘q, menimcha. Raqib jamoani yaxshi bilmaganim sababli 50x50 baholagandim. To‘g‘risi, “Paxtakor”dan hech qanaqa yangilik ko‘rmadik. Qandaydir uchta taktika to‘g‘risida gap ketgan, Maksim aytgandi. Ammo hech qanday taktika to‘g‘risida gapirish qiyin. Tarkibda xatolar ko‘zga tashlandi. Markaziy himoyachilarning yo‘qligi...Hayronman, Doston Tursunov chempionat o‘yinlarida o‘ynamasdan OChL uchrashuviga tushirildi. Uni oxirgi uchrashuvlarga qo‘yib, OChL bahsiga tayyorlashganida ham boshqa gap edi. Bu uyatli natija. To‘g‘ri, yutqazish mumkin, ammo jamoa mardonavor o‘ynab turib yutqazishi ham mumkin. Bu erda esa umuman murabbiyning chizgisi ko‘rinmadi. Ha, yigitlar kurashdi, lekin hammasi o‘zini darajasida harakat qilishdi. Individual mahorat evaziga bir-ikkita futbolchilarimiz o‘ynashga intilishdi, afsuski, jamoaviy o‘yin ko‘rmadik. Jamoada 4 ta yaxshi vinger bor. Hojimat Erkinov, Aziz Turg‘unboev, Doston Hamdamov, Diyor Xolmatov. Afsuski, mana shunday vingerlari bor jamoada ikkita o‘ng qanot himoyachilari, bittasi vinger, bittasi himoyada o‘ynaydi. Tushunarsiz holatlar ko‘p. Buni Shatskixni o‘zi yaxshi bilsa kerak, deb o‘ylayman. Biz achinganimizdan gapiryapmiz. Menimcha, nima qilayotganini murabbiylar shtabi ham bilmayapti.

pax al ayn1

“Olib kelgan legionerlari qaerda?”

- Hozirgi paytda “Paxtakor”da kim sport direktori ekanini bilmayman. Biz sport direktori bo‘lib ishlagan paytimizda olib kelgan o‘yinchilarimizga tanqidlar bo‘lardi. Ammo chaqirgan legionerlarimiz ancha yaxshi edi. Hozirgi “Paxtakor”ning siyosatini tushunish qiyin. Olib kelgan legionerlari qaerda? OChL boshlandi, ulardan darak yo‘q. Fikrimcha, markaziy himoyachisi ham talabga javob bermaydi. Legionerlarni olib kelishdan maqsadi o‘ynatish bo‘lsa kerak. Ularni kim olib kelyapti, bilmaymiz. Biz ishlagan paytda aytganimdek, ko‘p tanqid qilishardi. Hozir esa kimni tanqid qilishni ham bilmaysiz. Sport direktorinimi yo bosh murabbiynimi? Texnik direktor kim? Biror narsa deyishimiz qiyin. Selektsiya ishlarini bo‘sh deb hisoblayman. O‘sha paytda OKMKdan Papavani taklif qilishganida ham hayron bo‘lgandim. Chunki Odil Hamrobekov, Abbos Fayzullaev, Diyor Xolmatov, Sardor Sobirxo‘jaev singari o‘rtada o‘ynaydigan o‘yinchilar bo‘la turib, yana bitta tayanch yarim himoyachisini taklif qilish, bilmadim nima uchun?! Hujumchi etishmayotgandi va ushbu chiziqqa futbolchi taklif qilish mantiqqa to‘g‘ri kelardi. Banashak harakat qilyapti. Hujumchining ko‘rsatadigan narsasi gollar. Agar gol urmasa unda yuguradigan hujumchini nima keragi bor? Futbolchi “Paxtakor” darajasida bo‘lishi lozim. Derdiyokni tanqid qilishardi, ammo u ham bir mavsumda 10-12 ta gol urardi. Hozirgi paytda ham yig‘laning, ham kulging keladi. Kimnidir yomonlab, kimnidir maqtamoqchi emasman. Muxlislarning o‘zlari baho beradilar. Shuncha vinger bo‘la turib, Hojimat Erkinovni nega taklif qilishdi va nima uchun qaytarilgach, u o‘ynamayapti?! Sababini murabbiylar biladi.

pax al ayn2

“Menimcha, murabbiy xohlayotgan futbolni o‘ynashmayapti”

- Shu jamoada deyarli 5 yil faoliyat olib borganimdan keyin “Paxtakor”ni kuzatib boryapman. Chempionatda “Navbahor” va “Neftchi”ning xatolari hisobiga “Paxtakor” 1-o‘rinda. To‘g‘ri, ochkolar hisobiga ham oldinda. Ayrim o‘yinlarini ko‘rdim, tahlil qiladigan bo‘lsak, birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynayapti, ikkinchi bo‘limda uslub ko‘rinmayapti. Menimcha, murabbiy xohlayotgan futbolni futbolchilar o‘ynamayapti. Kuchli legionerlar etishmayapti. Hozirgi 6 nafar legionerlardan faqat Banashak muntazam o‘ynab turibdi. Shuncha joy band bo‘lib turibdi, raqobat yo‘q. “Paxtakor”ning haqiqiy o‘yini etishmayapti. 60-70 foiz tarkib saqlanib qolingan, yaxshi yoshlar ham qo‘shilgan. Barcha sharoitlar yaratilgan. Legionerlar limitidan to‘liq foydalanilgan. Lekin ularni qanday sabablarga ko‘ra olishgan? Muammo markaziy himoyada bo‘la turib, qanaqasiga Kuxarchukni olish mumkin edi? Qolganini murabbiylarning o‘zi biladi. Hali ham imkon bor. “Paxtakor”ga muxlislik qilishda davom etamiz. OChLdagi keyingi tur Saudiyada. U erda ochko ololsa, imkoniyat o‘z qo‘lida bo‘ladi.

Shuhratbek Jo‘raev.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Тулкинбой
22/09/2023 06:17
Пахтани асл башараси очилябди
&
Дувлан
22/09/2023 06:14
Пахтакор кейинги ўйинларда ўзини кўрсатади Х.х.са,ўйинчилага озгина далда етишмавотти,яъни харакат ва аниқлик.Олга Пахтакор!
Кахрамонжон Сафаров
21/09/2023 12:54
Саудияга пахтакорни собик хусусий судьяси Шерзодни олиб боришсин , пахтани эртаги эртарок тугади энди вилоят командаларига давления килиш синдириш билан овора булади Максим ва уни йулбошчи окахонларига инсофни узи берсин
&
Турсунов Рамазон
22/09/2023 10:36
Пахтачи пахтасини терсин ким куйибди улага футбол уйнашни.Футболни билганла уйнасин Насафни уйинчиларини уйнатмаса чемпиен хам булолмайди.Яхши уйинчилани олиб бориб уйин амалиётини бермай синдириб юбораяпти .Сабаьи ундан зур каманда булмаслиги керак.Рома хам Шомуродовни олиб бордиди уйин бермай синдирди.Бу хакикат ёлгон буса айтингла.Пахтакорни кутар кутар килган юкоридагилани кузи очилмайди.хакикат качон карор топади билмайман.Мухлиси булмаган каманда кимга керак юзта юз эликта мухлиси бор каманда кимга керак.
Жабборов Ахмаджон
22/09/2023 08:26
Навбаҳор ва Нефтчини ҳатоси эмас ҳакамларни ёрдами билан дейлса тўғри бўларэ эди. Ҳақиқатни тан олиш ҳам мардлик. Шацких айтмоқчи яна бешта ўйин бор. Мурабийни тезроқ ўйғотилмаса кеч бўлиши аниқ. Мен паҳтакорга 1965 йилдан бери муҳлисман гапни очиғи кегинги пайтда мурабийлар ҳам футболчилар ҳам ҳакамларга суянибқолди.