
"Paxtakor"ning keyingi bosqichdagi raqibi ma’lum
Elit Chempionlar ligasi nimchorak finalida "Paxtakor"ga qaysi jamoa raqiblik qilishi ma’lum bo‘ldi.
"Istiqlol" safarda "Ar-Rayyan"ni taslim etganidan so‘ng "sherlar" Elit Chempionlar ligasi turnir jadvalida 8-o‘ringa joylashdi va so‘nggi yo‘llanma sohibiga aylandi.
Endilikda, ular turnir jadvalini birinchi o‘rinda yakunlagan "Al-Hilol" bilan chorak final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Ular so‘nggi turda "Al Vasl"ni taslim etdi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, "Al-Ahli"ni ortda qoldirdi.
Fikrlar
харомга кучли клуб тузиб булмайди!