"Paxtakor"ning bugungi raqibi yutsa bo‘ladigan jamoa yoxud Saudiya klubi haqida nimalar ma’lum?

  • 10 aprel, 2022, 15:15
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo chempionlar ligasi 2-tur o‘yinlari boshlanadi. Kun doirasidan "Al-Ta’vun" - "Paxtakor" bahsi ham o‘rin olgan. "Sherlar"ning Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi uchrashuvi tunda 11 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:15ga belgilangan. Bellashuv "Qirol Abdulloh Sport Citi" stadionida o‘tkaziladi.

Tecno

Ushbu bahs oldidan "Al-Ta’vun" haqida ma’lumot bersak. "Al-Ta’vun" Burayda shahrida joylashgan futbol klubi bo‘lib, Saudiya Premer-ligasida o‘ynaydi. 1956 yilda "Saudiya yoshlar klubi" nomi bilan tashkil etilgan. U uy uchrashuvlarini 25 000 tomoshabinga mo‘ljallangan "Qirol Abdullah Sport Citi" stadionida o‘tkazadi. Jamoa 1990 yilgi Qirol Kubogi finaliga qadar etib borgan va 2019 yil Qirol Kubogi va Superkubokda zafar quchgan.

photo_2022-04-10_15-11-19

Premer-ligada klub debyutini 1995/96 yilgi mavsumda o‘tkazdi, biroq mavsumni oxirgi o‘rinda yakunlab, ligani tark etdi. Bir yil o‘tib 1997/98 yilgi mavsum yana Premer-ligaga qaytdi. Biroq bu urinish ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. 2010/11 yilgi mavsumdan beri jamoa Premer-ligada o‘ynab kelmoqda. 

Jamoa sariq rangli formada harakat qiladi. Bu ularning asosiy libosi sanaladi. Mehmonda esa oq libosda to‘p tepadi. Jamoani niderlandiyalik Jon van den Brom boshqarmoqda. U "Al-Ta’vun"ni bu yil qabul qilib olgan. Ungacha esa "Genk", "Anderlext", "AZ Alkmar" va "Vitess" kabi jamoalarda ishlagan.

John-van-den-Brom---Al-Taawoun---AFC-CHAMPIONS-LEAGUE-2022---Pre-Match-Press-Conference-(1)

"Al-Ta’vun" o‘tgan yilgi mavsumda 4-o‘rinni egallab, Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘l oldi. Ammo jamoaning bu yilgi ishlari ko‘ngildagidek emas. "Al-Ta’vun" Premer ligada 25 o‘yin o‘tkazib, 26 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. "Paxtakor"ning bugungi raqibini ichki chempionatda xavfli hududdan 1 pog‘ona, ya’ni 1 ochko ajratib turibdi. 

Jamoa bu mavum Osiyo Chempionlar ligasi o‘tish bahsida Suriyaning "Al-Jaish"ini 2:1 hisobida taslim etib, final bosqichiga yo‘l oldi. Guruh bosqichining ilk turida Qatarning "Al-Duhail" klubini ham 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

"Sherlar" Saudiyaning boshqa jamoalari bilan o‘zaro o‘yin o‘tkazgan. Ammo "Paxtakor" uchun bu yangi raqib hisoblanadi.

photo_2022-04-10_15-11-28

"Al-Ta’vun" OChLga 34 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Shundan 8 nafari legioner, qolgani mahalliy o‘yinchilar. Xorijliklar Braziliya, Kongo DR, Ispaniya, Niderlandiya, Misr, Kamerun, Mali va Kapo Verde davlatlaridan jalb qilingan.

Darvozabonlar
1. Kassio (Braziliya)
21. Muataz Bag‘avi
27. Muhammad Zulayfi
98. Ammar Abdulloh
Himoyachilar
2. Yozid Bakr
5. Tariq Abdulloh
6. Muhammad G‘amdi
12. Sulaymon Hazazi
14. Hassan Kadesh
24. Hassan Robiya
28. Kristian Luyindama (Kongo DR)
31. Saad Balobayd
33. Avn Saluli
52. Motaz Havsavi
85. Navaf Sobhi
Yarim himoyachilar
7. Fahad Rashidi
8. Sumayhan Nabit
9. Alvaro Medran (Ispaniya)
15. Abdulmalik Oyayri
18. Ashraf Mahduiy (Niderlandiya)
20. Navaf Rashidi
26. Abdulrahmon G‘amdi
30. Faysal Mutayri
66. Mustafo Fathi (Misr)
77. Hassan Alamri
80. Rayan Musa
91. Rakan Tulayhi
99. Basil Mehaves
Hujumchilar
3. Leandro Tavamba (Kamerun)
22. Yakuba Dembele (Mali)
29. Ze Luish (Kapo Verde)
84. Rayan Jahoniy
90. Hazza Al Hazza
97. Holid Muntashiri

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
10/04/2022 17:41
Пахтага 4 та уради Араблар
Кахрамонжон Сафаров
10/04/2022 15:40
Пахтакор тухумни саригини ютади , Арабларни ютиши учун Узбекистондан узимизни пахтачи
судьяларини юбориш керак эй сохтакор