
"Paxtakor"ning bugungi o‘yinini qanday qilib tomosha qilish mumkin? (foto)
Bugun OChL so‘nggi turi doirasida "Paxtakor" o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Amaldagi Superliga chempioniga Saudiya Arabistonining "Al-Ta’avun" klubi raqiblik qiladi. Bahs 01:15 da start oladi va "Futbol TV" kanali orqali translyatsiya qilinadi. Tomonlarning dastlabki qarama-qarshiligida Voyneski shogirdlari Hojimat Erkinovning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Bugungi bellashuv biz uchun hech narsani hal etmaydi, ammo saudiyaliklarni keyingi bosqichdan mahrum qilishimiz mumkin. Buning uchun "sherlar" va parallel o‘yinda "Sepaxon" g‘alaba qozonishi lozim.
Fikrlar