
"Paxtakor"ni endi "Al-Ayn"ga qarshi o‘yin kutmoqda. "Sherlar" necha marotaba g‘alaba qozongan?
3 dekabr kuni "Paxtakor" Elit Chempionlar Ligasi 6-turida BAAning "Al-Ayn" jamoasini qabul qiladi.
Ushbu jamoaga qarshi "Sherlar" 6 marta to‘qnash kelishgan. Unda 3 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang natija kuzatilgan. Har ikki jamoa 8 tadan gol urgan. O‘zbek klublaridan faqat "Paxtakor" "Al-Ayn"ni mag‘lub etishning uddasidan chiqqan.
"Al-Ayn"ni hozirda tajribali mutaxassis Leonardo Jardim boshqarmoqda. U yaqinda ushbu klubda ishga kirishdi. Klub OChLning amaldagi g‘olibi sanaladi. Jardim 2021 yil "Al-Hilol" bilan Chempionlar Ligasida zafar quchgan.
"Paxtakor" va "Al-Ayn" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3 dekabr, seshanba kuni "Jar" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
"Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar