"Paxtakor"ga top-hujumchi kerak!

  • 18 dekabr, 2021, 23:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston chempioni – “Paxtakor” uchun kelasi yil muhim hisoblanadi. Chunki klub yana Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etadi va bu safar yaxshiroq natijalar ko‘rsatish istagida. Buning uchun tarkib ham shunga yarasha shakllanishi darkor.

Tecno

Klubdagilar ayniqsa, hujum chizig‘ini kuchaytirish harakatida yuribdi. To‘g‘ri, tarkibda to‘purar hujumchi – Dragan Cheran bor. Lekin unga munosib sherik sifatida top-hujumchini qo‘lga kiritish niyati borligi ayon bo‘ldi.

Ma’lumki, “Paxtakor” yozgi transfer oynasi ochilgan paytda qo‘lga kiritgan hujumchisi – Boyan Matich bilan xayrlashdi. Ayni chog‘da rahbariyat bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqyapti. Ularning orasida Superligada ham, xorijda ham o‘ynaydigan futbolchilar bor va muzokaralarga kirishilgan.

Klub sport direktori Ja’far Irismetovning Sports.uz saytiga ma’lum qilishicha, Qozog‘istonning “Tobol” klubida o‘zini ko‘rsatgan Igor Sergeevni ortga qaytarish “Paxtakor”ning asosiy nishoniga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!