
"Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan "Sharja" etakchisi safga qaytdi
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 4-turida "Paxtakor" "Sharja" bilan bahs olib boradi. Ushbu bellashuv oldidan sharjaliklarning braziliyalik legioneri Igor Koronado jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytdi. Bu haqida klub bosh murabbiyi o‘yindan avval bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi:
"Igor Koronadoning qaytishi juda ajoyib yangilik, ammo biz o‘tgan galgi o‘yinda bo‘lgani kabi jamoaviy ruhni ko‘rsata olishimiz kerak. Kuchliligimizni isbotlamoqchimiz, nega himoyaga yotib olishimiz kerak?", - dedi Abdulaziz Al-Anbari.
Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar