
"Paxtakor"ga 3 ochko keltirgan Hojimat Erkinov g‘alabadan keyin nimalar dedi?
OChL 2-turidan o‘rin olgan "Al-Ta’vun" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng toshkentliklarga g‘alaba taqdim etgan gol muallifi Hojimat Erkinov matbuot anjumanida o‘yin borasida fikrni bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Dastlabki mag‘lubiyatdan keyin bu safar yutishimiz kerak edi. Jamoa bilan bahsga yaxshi tayyorgarlik qildik va g‘alaba qozonishga erishdik. Juda muhim yutuqni qo‘lga kiritdik. Uch ochkoga ega chiqqanimizdan xursandmiz, - dedi futbolchi.
Fikrlar