"Paxtakor"dagi legionerlar soni yana bittaga ko‘paydi (foto)

  • 10 fevral, 2022, 16:49
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kamen Xadjiev "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. 30 yoshli bolgariyalik himoyachi jamoa bilan 1+1 ko‘rinishida shartnomaga imzo chekdi.

Tecno

"Sherlar"ning Turkiyadagi yig‘iniga borib qo‘shilgan Xadjiev tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tdi va erkin agent sifatida "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. U faoliyati davomida Bolgariyaning "Rodopa", "Pirin", "Minyor", "Lokomotiv" va "Beroe", Germaniyaning "Olbendurg", Niderlandiyaning "Fortuna" va Vengriyaning "Pushkash Akademiya" klublarida o‘ynagan.

Professional faoliyati mobaynida klublarda 258 o‘yinda 11 gol muallifiga aylangan. Oxirgi jamoasi "Beroe"da mazkur mavsumda 14 uchrashuvda maydonga tushgan. Bolgariya milliy terma jamoasiga 2019 yil jalb etilgan.

photo_2022-02-10_16-42-11

"Paxtakor" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Пахтакор сол
10/02/2022 16:51
Фаолияти омадли бўлсин, ОЧЛ химоя қўрғони мустаҳкам бўлсин!